Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
✅ Bugun, 2026-yil 21-oktyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakultetida jahon adabiyoti namunalari hamda özbek yozuvçilarining ijodiga mansub badiiy kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoşlar işlari böyiça dekan örinbosari N. Avezov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoşlar faol iştirok etişdi.
Taqdimot davomida talabalar özlari qiziqqan adabiy janrlar böyicha badiiy kitoblar bilan yaqindan tanişib, mutolaa uçun yangi asarlarni kaşf etiş imkoniga ega bo‘ldilar.
- Mazkur tadbir talaba-yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaa orqali dunyoqaraşni kengaytiriş hamda adabiyotga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qiladi.
✅ Bugun, 2026-yil 21-oktyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti tyutorlari tomonidan fakultet talabalari iştirokida davra suhbati taşkil etildi.
Davra suhbati davomida oliy ta’lim taşkilotlarida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiyena soati”ni taşkil etiş, internetdan xavfsiz foydalaniş, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş hamda kiberfiribgarlikning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, talabalar örtasida “dropper”lik, ya’ni özining şaxsiy bank plastik kartasini firibgarlarga berib turiş holatlari va buning uçun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlik haqida tuşuntiriş işlari olib borildi.
-Talabalarga bank kartalari va maxfiy ma’lumotlarini begona şaxslarga bermaslik, şubhali havolalarga kirmaslik hamda internetdan foydalanişda doimo huşyor böliş tavsiya etildi.
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Qadrli ustozlar, aziz talabalar va yurtdoshlar!
Ona tilimiz — millatimizning ruhi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimizning bebaho ifodasidir. Unda xalqimizning tarixi, tafakkuri va asriy qadriyatlari mujassam.
Bugun o‘zbek tilini asrab-avaylash, uni ilm-fan, ta’lim va zamonaviy texnologiyalar tili sifatida rivojlantirish, kelajak avlodlarga boy va betakror meros sifatida yetkazish har birimizning muhim vazifamizdir.
Buyuk shoir Muhammad Yusufning ona tilimizga bag‘ishlangan misralarida ham milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari mujassam.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman! Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning jozibasi va boyligi avlodlar qalbida abadiy yashasin!
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
🗣Urganch davlat universitetida "Chorshanba — sport kuni" doirasida "Sog'lom hayot sari— 5000 qadam" shiori ostida o’tkazilgan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari hamda 5 ming qadam ommaviy yurish marafonidan fotolavhalar.
📺”Oʻzbekiston 24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” dasturida Urganch davlat universiteti faoliyati yoritildi. Lavhada universitet rektori Feruza Madrahimovaning intervyusi joy olgan.
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun http://transfer.edu.uz/ platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini http://transfer.edu.uz/ platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.
🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.
🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
🇺🇿 Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” hamda “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlarini e’lon qiladi!
Sizda ijodiy g‘oya bormi?
📷Vatanimizning go‘zal manzaralari, Mustaqillik bayrami, universitet hayoti va yurtimizdagi bunyodkorliklarni o‘ziga xos tarzda aks ettira olasizmi?
🎶Ona Vatan, istiqlol va yurtga muhabbatni qo‘shiq orqali ifoda etishni istaysizmi?
⚡️Unda bu tanlov aynan SIZ uchun! Ijodingizni namoyon eting, iste’dodingizni ko‘rsating va tanlovda ishtirok eting!
🏛Universitet xodimlari va ularning farzandlariga e’tibor ko’rsatildi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida universitet rektori Feruza Madrahimova tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon universitetda faoliyat yuritib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning farzandlariga maktab o‘quv qurollari topshirildi.
Tadbir davomida bolajonlar Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etilib, ularga bilim olish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va zafarlar tilandi.
Shuningdek, universitetda uzoq yillar davomida mehnat qilib kelayotgan, ayni kunlarda yubiley sanalarini nishonlayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar ham e’tirof etildu.
👍 UrDU Yoshlar Ittifoqi jamoasiga a'zo bo'ling! Yoshlar Ittifoqi talabalarning ilmiy, ijtimoiy, ma'naviy va ijodiy salohiyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida faoliyat yuritadi.
✅ Ushbu maqsad yo'lida quyidagi 6 ta yo'nalish bo'yicha koordinatorlar tanlovini e'lon qilamiz:
🧠 Intellektual loyihalar koordinatori 🖐 "Besh tashabbus" loyihalari koordinatori 🇺🇿 Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori ▪️ Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 📖 Yoshlar daftari va metsenatlik dasturi koordinatori 🎓 Talaba qizlar koordinatori
⌛️ Agar tashabbuskor, mas'uliyatli va harakatchan bo'lsangiz sizni Jamoayimizda kutib qolamiz
Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.
Samimiy va mazmunli muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan doʻstona va strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini taʼkidladilar. Xususan, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
Saida Mirziyoeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan intilishini yuqori baholab, ochiq va mazmunli muloqot uchun Chjao Letsziga minnatdorlik bildirdi.
✅ Bugun, 19-may sanasida 9-son TTJ pedagog-tarbiyachisi M.Bobodjonova tashabbusi bilan “Talaba talabaga — shogird, talaba talabaga — ustoz” tamoyili asosida besh muhim tashabbus doirasida 5-tashabbusga muvofiq talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning zamonaviy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
311-B xonada yashovchi talaba Sh.Sadullayev tomonidan talabalarga kompyuter savodxonligi, Microsoft Word, Excel dasturlarida ishlash hamda dasturlash fanlari bo‘yicha amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. ↔️ Mazkur to‘garaklar talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📝To‘garak mashg‘ulotlari grafik reja asosida tashkil etilib, mavzular talabalar qiziqishi va takliflari asosida tanlanib, bosqichma-bosqich o‘rgatib kelinmoqda.
➡️Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti talaba-qizlari milliy qadriyatlarni e’zozlash va yoshlar orasida keng targ‘ib qilishda tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatmoqda.
Matqurbanov To‘lqin Alimboyevich Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Urganch davlat universiteti Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Texnika fanlari bo‘yicha PhD.
To‘lqin Matqurbanov 13 yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega. 20 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi, 5 ta dasturiy guvohnoma sohibi hisoblanadi. 2023-yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori bo‘lib, Novosibirsk davlat universitetida PhD ilmiy darajasini himoya qilgan. Faoliyati davomida telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, zamonaviy muhandislik yechimlarini ishlab chiqish hamda 30 ga yaqin bakalavr talabalarga ilmiy rahbarlik qilish bilan samarali faoliyat olib borgan.
UrDU jamoasi nomidan To‘lqin Alimboyevichni boshlagan yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitet magistrantlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida magistrantlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni universitetda ishga olib qolish, ilmiy izlanishlarni davom ettirish istagida bo‘lgan mutaxassislarga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida magistrantlarning kasbiy rivojlanishi, ilm-fan va xalqaro hamkorlikdagi faolligini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida magistrantlar tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, amaliyot jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Uchrashuv ochiq muloqotda ruhida o‘tib, bildirilgan takliflar universitet rektori tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitet magistrantlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida magistrantlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni universitetda ishga olib qolish, ilmiy izlanishlarni davom ettirish istagida bo‘lgan mutaxassislarga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida magistrantlarning kasbiy rivojlanishi, ilm-fan va xalqaro hamkorlikdagi faolligini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida magistrantlar tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, amaliyot jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Uchrashuv ochiq muloqotda ruhida o‘tib, bildirilgan takliflar universitet rektori tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
ابھی تک کوئی جائزے نہیں ہیں۔ پہلے بنیں اور اپنا تجربہ شیئر کریں!
Frequently Asked Questions
Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU ٹیلیگرام چینل کس بارے میں ہے؟+
Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU (@ubtuit_official) tgdio پر Viral Videos زمرے میں درج ایک ٹیلیگرام چینل ہے۔ اس پروفائل پر رینکنگ، ریٹنگ، ریویوز اور حالیہ پوسٹس دیکھ کر سبسکرائب کرنے سے پہلے فیصلہ کریں۔ اس وقت tgdio پر تقریباً 2,217 سبسکرائبرز ہیں۔
میں Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU (@ubtuit_official) کو ٹیلیگرام پر کیسے جوائن کروں؟+
tgdio پر چینل پروفائل کھولیں، پھر Join / Open in Telegram سے @ubtuit_official پر مفت سبسکرائب کریں۔
کیا Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU اچھا Viral Videos چینل ہے؟+
tgdio پر جوائن سے پہلے Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU کی ریٹنگ، ریویوز، رینکنگ اور پوسٹس دیکھیں۔ اس وقت tgdio پر تقریباً 2,217 سبسکرائبرز ہیں۔ اسی Viral Videos کے دیگر چینلز سے موازنہ کریں۔
Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU کے سٹیٹس اور پوسٹس کہاں دیکھوں؟+
tgdio پر @ubtuit_official صفحہ کھولیں — سبسکرائبرز، رینکنگ، ریٹنگ اور پوسٹس۔ Stats لنک سے گروتھ چارٹ دیکھیں۔