❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
⚡️Urganch davlat universitetining YANGI LOGOTIPINI yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi!
Hurmatli ustozlar, aziz talabalar va qadrli ijodkor yoshlar!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘zining yangi, zamonaviy va mazmunan boy logotipini yaratish maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi. Sizlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etib, o‘z ijodiy yondashuvingiz, original g‘oyalaringiz va kreativ ishlanmangiz bilan qatnashishga chorlaymiz.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — universitetning tarixiy merosi, ilmiy salohiyati va zamonaviy taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi, esda qolarli va o‘ziga xos yangi ramz (logotip) yaratishdir.
Ishtirokchilar uchun talablar:
✔️Logotip original va mualliflik ishlanmasi bo‘lishi lozim;
✔️Universitet faoliyati, qadriyatlari va yo‘nalishlarini ifodalashi kerak;
✔️Zamonaviy dizayn talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq;
✔️Ranglar uyg‘unligi va turli formatlarda qo‘llash imkoniyati inobatga olinishi zarur.
Taqdim etiladigan materiallar:
📎Logotipning elektron varianti (PNG, JPG yoki PDF formatda);
📎Logotip mazmuni va g‘oyasini qisqacha izohlovchi matn.
📊Materiallar qabul qilish muddati: 2026-yil 10-aprelga qadar
✔️ Tanlov g‘olibi maxsus komissiya tomonidan aniqlanib, moddiy rag'batlantiriladi.
📞 Murojaat va qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99897 5138464 (
https://t.me/MF_press_secretary_ursu)Eng yaxshi g‘oya — universitetimizning yangi qiyofasiga aylanadi! Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://www.urdu.uz/uz https://www.facebook.com/urduuz https://www.instagram.com/urdumatbuotxizmati https://www.linkedin.com/company/urganch-state-university https://www.youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos